23сен

16-sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni

Xorazm viloyatida Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Xiva shahridagi 15- va 22-sonli hamda Yangibozor tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar ishtirokida ekologik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda Xorazm viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Xiva shahar va Yangibozor tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga ozon qatlamining ahamiyati, uni muhofaza qilish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Xorazm viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati