10сен

Yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Urganch tuman Ekopolitsiyasi bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarni muhofaza qilish, daraxt va o‘simliklarga zarar yetkazmaslik hamda ekologik qoidalarga rioya qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berilmoqda.

Xorazm viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati